"Al-Ittihod" Ramosga shartnoma taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Serxio Ramosga "Al-Ittihod" qiziqish bildirmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Real"dagi sobiq jamoadoshi Karim Benzema o'ynaydigan jamoa ispaniyalik bilan ikki yillik shartnoma tuzishga tayyor. Shartnomada uni bekor qilish imkoniyati ham mavjud.
Turkiya klublari ham 37 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. “Al-Ittihod” Ramosning yakuniy qarorini kutmoqda.
Serxio "PSJ"dan ketganidan keyin erkin agent hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!