Upamekanoning uyi talon-taroj qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 59
«Bavariya»ning frantsiyalik himoyachisi Dayot Upamekanoning uyi talon-taroj qilindi.
Le Parisien nashrining yozishicha, 26 iyul kuni futbolchining Parij yaqinida joylashgan uyi jinoyatchilar tomonidan talon-taroj qilingan. Ma'lum qilinishicha, uyda Upamekanoning onasi va uning akasi istiqomat qiladi.
Manbaga ko'ra, uyga bostirib kirgan uchta qaroqchi bir nechta telefon, soat, bank kartalari va kompyuterni olib ketgan.
Qayd etilishicha, jinoyatda gumon qilingan ikki shaxs allaqachon qo'lga olingan va hozirda hibsda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!