"Chelsi" vingeri ijaraga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86
"Chelsi" qanot hujumchisi Diego Moreyrani "Lion"ga o'tganini e'lon qildi.
Portugaliyalik 19 yoshli futbolchi mavsum oxirigacha Liga 1 klubida ijara asosida o'ynaydi.
Moreyra shu yozda "Benfika"dan "Chelsi"ga tekinga kelib qo'shilgandi va "ko'klar" safidagi debyutini yaqinda Angliya liga kubogi doirasidagi "Uimbldon"ga (2:1) qarshi o'yinda o'tkazdi.
Shuningdek, "Chelsi" markaziy himoyachi Bashir Xamfris bilan shartnomani 4 yilga uzaytirdi va 20 yoshli ingliz futbolchisini chempionshipdan "Suonsi"ga mavsum oxirigacha ijaraga berdi.
O'tgan mavsumda Xamfris Germaniyaning "Paderborn" jamoasida ijara asosida o'ynadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!