Nketia Angliya termasiga chaqirilganiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 71
"Arsenal" hujumchisi Eddi Nketia 2024 yilgi Evropa chempionati saralash bosqichi uchun Angliya terma jamoasiga chaqirilgani haqida gapirdi.
“Bu aql bovar qilmaydigan narsa. Angliyalik futbolchilar uchun bu maksimal e'tirof, terma jamoa qaydnomasiga kiritilganimdan juda xursandman. Men terma jamoa joylashgan joyga etib borishimni intiqlik bilan kutaman", - deya xabar beradi "kanonirlar" matbuot xizmati hujumchining so'zlarini.
Qayd etish joiz, bu Nketianing terma jamoaga debyut chaqiruvidir.
Angliyaning navbatdagi o'yini Ukrainaga qarshi bo'ladi. 2024 yilgi Evropa chempionati saralash bahsi 9 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!