"Real" Garet Beyl bilan birga sotib olgan futbolchilar: ular hozir qaerda?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137
Beyl "Real"ga kelib katta yutuqlarga erishdi. To'qqiz yil davomida, hujumchi, yutish mumkin bo'lgan sovrinlarni barchasiga ega chiqdi. Uels terma jamoasi afsonasi beshta EChL sovrinini qo'lga kiritgan. Uning 2018 yilgi finalda "Liverpul" darvozasiga urgan goli esingizda bordir?
2013 yilda Beyl "Tottenxem"dan sotib olinadi. Ammo u, o'sha paytdagi yagona xarid emasdi. Beyl bilan birga Anchelotti jamoasi yana to'rtta o'yinchi xarid qiladi. Quyida ular haqida bilib olasiz.
Dani Karvaxal
Aslini olganda Karvaxal "Real"ga begona emas. U klub akademiyasida tarbiya topgan. Yosh futbolchi Mourino davrida, 2012 yili "Bayer Leverkuzen"ga 5 million evro evaziga sotiladi. Ammo "Real" ham anoyi emas. Sotishdan oldin rahbariyat himoyachi bitimiga qayta sotib olish shartini ham kiritgandi. Bir mavsumdan keyin Karvaxal 6.5 million evroga qaytarib olib kelingan edi. Shundan beri har qancha murabbiy almashmasin, Karvaxalning "Real" asosiy tarkibidagi o'rni saqlanib qolmoqda. Negaki, u ishonchli vakildir.
Kazemiro
2012 yilda Kazemiro "San-Paulu" klubini tark etadi. Oradan bir yil o'tib esa "Real" yarim himoyachini 6 million funt evaziga sotib oladi. Bu qaror o'zini to'liq oqlaydi. "Real" Braziliya terma jamoasi a'zosidan qariyb 10 yil foydalandi. Ayniqsa, Kazemiro 2015 yildan keyin o'z darajasini namoyish etib, Toni Kroos va Modrich bilan ajoyib trio hosil qila oldi. Futbolchi "MYu" tomonidan katta summa evaziga sotib olindi va "Real" bundan 10 barobar foyda ko'rdi.
Aser Ilyarramendi
2010 yillarning birinchi yarmida "Real" transferlar siyosatining asosida yosh ispan futbolchilarini sotib olib, ularni sovrin yuta oladigan superyulduzlarga aylantirishdan iborat edi. Ammo bu reja ko'ngildagidek amalga oshmadi. Buning tasdig'i o'laroq, 2021 yilgi qit'a chempionatida "Real"ning birorta ispan futbolchisi Ispaniya terma jamoasiga kira olmaganini keltirish mumkin. Omadsizlar qatorida Ilyarramendi ham bor edi. U Beyl bilan sotib olinadi. O'sha paytda 23 yosh bo'lgan yarim himoyachi "Real Sosedad"dan 32.2 million evroga xarid qilingan. Rahbariyat uni Xabi Alonso o'rnini egallaydi deb umid qilgan. Ammo bunday bo'lmadi. Ilyarramendi ikki mavsumdan keyin yana "Real Sosedad"ga qayib ketishga majbur bo'lgandi. Bu yozda futbolchi "Dallas" klubiga yo'l oldi.
Isko
"Real"ning yuqorida keltirilgan transfer siyosati asosida xarid qilingan yana bir vakil Iskodir. Futbolchining klubdagi davrini omadli yoki omadsizga chiqarish oson emas. Isko "Malaga"dan 30 million evro evaziga olib kelingandi. Isko Zidan davrida "Real"ning EChLdagi muvaffaqiyatlarida muhim o'rin egallagan. Afsuski, so'nggi yillarda u kuchayish o'rniga o'z formasini yo'qotib qo'ydi. Natijada, unga "Real"da o'rin qolmadi. Isko bir muddatlik "Sevilya"dagi davridan keyin, hozir "Real Betis" bilan birga. Ko'ramiz, uning Andalusiyadagi sarguzashtlari qanday davom etarkin...
ISMATOV J.
Manba: planetfootball.com