Fati "Brayton"da tibbiy ko'rikdan o'tishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati "Brayton"ga ijaraga o'tishni yakunlash arafasida. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Angliyaga boradi.
Eslatib o'tamiz, Fati "Brayton"ga ijara asosida o'tadi. "Chaykalar" Ansuning maoshining 75-80 foizini qoplaydi, bu esa "Barselona"ga ish haqi fondida sezilarli miqdorni tejash imkonini beradi.
Fati avvalroq "Barselona"da qolishni xohlagandi, ammo vaqt o'tishi bilan u kuchli raqobat tufayli barqaror o'yin amaliyotiga ega bo'la olmasligini tushundi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!