Goretska: "Germaniya terma jamoasiga kira olmaganimdan juda xafaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Xans Diter-Flikning uni sentyabr oyidagi o'yinlar qaydnomasiga kiritmaslik haqidagi qaroridan hayratda qoldi.
“Barchangiz bilasizki, men Germaniya terma jamoasida o'ynaganimdan naqadar faxrlanaman. Men qaydnomaga kirmaganimdan juda xafa bo'ldim. Bu qaror men uchun kutilmagan bo'ldi. So'nggi haftalarda o'zimni yaxshi his qildim va terma jamoa o'yiniga hissa qo'shish imkoniyatini intiqlik bilan kutdim. Shu bilan birga, murabbiyning qarorini hurmat qilishim va astoydil ishlashda davom etishim kerak”, - deb yozadi Goretska ijtimoiy tarmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!