Bonuchchi ketmasa, "Yuventus" o'yinlarini tribunadan tomosha qilish taqiqlanishi bilan tahdid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyat va bosh murabbiy Massimiliano Allegrining rejalariga kiritilmagan bo'lsa-da, haligacha jamoani tark etmagan sardori Leonardo Bonuchchini ogohlantirdi.
La Stampa xabariga ko'ra, "Yuventus" rahbariyati futbolchi ketmasa, o'yinlarni, hatto tribunadan ham tomosha qilish taqiqlanishi haqida ogohlantirgan.
Eslatib o'tamiz, Bonuchchi avvalroq Berlinning "Union" jamoasida faoliyatini davom ettirish variantidan bosh tortgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!