So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
MLS. «Inter Mayami»ning g'alabali seriyasi uzildi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44

MLS chempionatining 29-turi doirasida «Inter Mayami» o'z maydonida «Neshvill»ni qabul qildi. Uchrashuvda ko'plab vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi.
Shu tariqa, «Inter Mayami»ning 9 ta o'yindan iborat g'alabali seriyasi uzilib qoldi. Lionel Messi esa asosiy tarkibda maydonga tushib, uchrashuv oxirigacha to'liq harakat qildi.
Mayamiliklar MLS muntazam chempionatining Sharqiy Konferentsiyasida 24 o'yindan keyin 22 ochko bilan 14-o'rinni egallab turibdi (15-jamoa orasida). Dastlabki 9ta o'rinni egallagan jamoalarga pley-off bosqichida ishtirok etish imkoniyati beriladi.
MLS
Inter Mayami – Neshvill 0:0 (0:0, 0:0)
Inter Mayami – Kellender, Yedlin, Miller, Alba, Farias, Kremaski, Ruis, Buskets, Arroyo, Gomes, Kampana, Aviles, Teylor, Messi, Martines.
Neshvill – Panikko, Mur, Meer, MacNaughton, Lovitts, Godoy, Muxtar, Devis, Makkarti, Leal, Anunga, Piko, Myul, Shaffelburg, Xaakenson, Banberi.
Ogohlantirishlar: Gomes (45), Buskets (45), Teylor (50), Makkarti (59), Aviles (77), Meer (81).