So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Pochettino Liga kubogi o'yinidagi g'alaba haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 59

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Liga kubogi bahsidagi g'alabadan so'ng jurnalistlar savollariga javob berdi.
“Ko'klar” Liga 2 (to'rtinchi divizion) jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etib, musobaqaning uchinchi bosqichiga yo'l olishdi. London grandi uchrashuvning 19-daqiqasidayoq gol o'tkazib yubordi, ammo Noni Madueke va Entso Fernandesning aniq zarbalari evaziga irodali g'alabaga erishdi.
“Biz uchun oson bo'lmadi, kubok turnirining go'zalligi ham shunda. Birinchi marta maydonga tushgan futbolchilardan mamnunman.
"Uimbldon" kabi raqiblarga qarshi o'ynash har doim qiyin. Jamoa Ikkinchi ligada o'ynaydi, shuning uchun uning biz bilan o'yindagi motivatsiyasi shunchaki juda yuqori bo'ladi", - deydi "Chelsi" ustozi.