So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bitta bo'sa ancha qimmatga tushadigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 72

Luis Rubiales futboldan chetlatilgani sababli moliyaviy tomondan qiynaladi.
Avvalroq FIFA Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) rahbarini ispaniyalik futbolchi Jennifer Ermosodan bo'sa olgani uchun 90 kunga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatgan edi.
Sanktsiyalar natijasida Rubiales nafaqat RFEF, balki UEFAdagi 3 oylik maoshidan ham mahrum bo'ladi (uning tashkilotlardagi yillik maoshi mos ravishda 371 000 va 250 000 evroni tashkil etadi).
Bundan tashqari, federatsiya unga uy-joy ijarasi uchun oyiga 3000 evro to'lashni to'xtatdi, unga xizmat mashinasi va haydovchidan foydalanishni taqiqladi, shuningdek, RFEF prezidenti sifatida ishlatgan barcha rasmiy gadjetlarni (noutbuklar, planshetlar, smartfonlar) qaytarishni talab qildi.