So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xoland: "Bu mukofotni olganimdan faxrlanaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland PFA tomonidan yilning eng yaxshi o'yinchisi sovrinini olganidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Angliya professional futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, seshanba kuni Premer-liganing so'nggi mavsumining eng yaxshi to'purari o'z sovrinini qo'lga kiritdi.
“Ushbu mukofotni olganimdan faxrlanaman. Raqobatchilaringiz tomonidan tan olinishi ajoyib tuyg'u va men uchun ovoz bergan barcha futbolchilarga rahmat aytmoqchiman.
Bir kun kelib jamoam bilan trebl yutishimni xayolimga ham keltirmagandim. O'tgan mavsum xotiralari xotiramizda abadiy qoladi, ammo endi biz yangi kampaniyada ham xuddi shunday natijaga erishmoqchimiz", - deya Xolandning so'zlarini keltiradi ingliz OAVlari.