"Chelsi" Lukakuga tovon puli belgilab qo'ygan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"Chelsi" Romelu Lukakuning shartnomasida tovon puli bandini belgiladi.
Avvalroq, londonliklar belgiyalik hujumchining ijaraga berilishi borasida "Roma" bilan kelishib olgani ma'lum bo'lgandi. Futbolchi maoshni kamaytirishga rozi bo'ldi va seshanba kuni Rimga uchib ketadi.
The Telegraph jurnalisti Mett Louning yozishicha, hujumchining maoshi nafaqat "Roma"dagi o'yinlar uchun, balki "Chelsi" bilan shartnoma bo'yicha qolgan ikki yil uchun ham kamaytiriladi. Bundan tashqari, londonliklar Lukakuning shartnomasiga 37 million funt sterling tovon puli qo'shib qo'yishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!