"Milan" futbolchisining transferi detallariga oydinlik kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Aleksis Salemakers "Milan"dan "Bolonya"ga o'tadi.
Oldinroq "rossonerilar" 24 yoshli vingerni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga berishi ma'lum bo'lgandi. Futbolchi allaqachon transferga rozi bo'lgan.
Fabritsio Romanoning fikricha, futbolchining ijarasi "Bolonya"ga 500 ming evro, to'liq transferi esa 10 million evroga tushadi.
O'tgan mavsum A Seriyada Salemakers 30 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!