Karrasko Saudiya klubi bilan muzokara olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Yannik Karrasko yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Matteo Moretto xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, hozirda 29 yoshli belgiyalik vingerga Saudiyaning "Al-Shabob" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Muzokaralar davom etmoqda, ammo hozircha kelishuv yo'q.
Karrasko Transfermarkt portalida 25 million evroga baholangan. Uning "matraschilar" bilan 2024 yilning yozigacha shartnomasi bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!