Yamal qaysi terma jamoada o'ynash borasida yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88
16 yoshli "Barselona" vunderkindi Lamin Yamal Ispaniyani xalqaro miqyosda himoya qilishga qaror qildi va "La Roxa"da debyut qilgan eng yosh futbolchi bo'lishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda Diario Sport.
Iste'dodli futbolchi oldida tanlov turgandi: o'zi tug'ilib o'sgan Ispaniya terma jamoasida yoki otasining vatani Marokashda o'ynash. Yakunda Yamal Ispaniya foydasiga tanlov qildi.
Mish-mishlarga ko'ra, Yamal Luis de la Fuentening Gruziya va Kipr bilan Evro-2024 saralash o'yinlari uchun dastlabki tarkibiga kiritilgan. Uning nomi ushbu o'yinlar uchun yakuniy taklifda bo'lishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!