Vau! "Al-Ittihod" Saloh uchun 150 million evro sarflashga tayyor ekanligini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
Hujumchi Muhammad Saloh yaqin kelajakda "Liverpul"dan "Al-Ittihod"ga o'tishi mumkin.
Saudiya Arabistoni chempionlari 31 yoshli misrlik hujumchi uchun 150 million evro taklif qilishga tayyor, deya xabar beradi ijtimoiy tarmoq jurnalisti Jeyms Benj.
Taklifda asosiy e'tibor 100 million evroni "Liverpul" olishiga qaratiladi. "Qizillar" mablag'ning qolgan qismini bonus sifatida olishi mumkin va bu bonuslarning hammasiga osonlikcha erishib bo'lmaydi.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonida Saloh Krishtianu Ronaldu va Neymar kabi yulduzlar darajasida maosh oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!