"Borussiya" "Leyptsig" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Hujumchi Yussuf Poulsenda klubini o'zgartirish imkoniyati bor.
Germaniyaning Sport1 nashri xabariga ko'ra, 29 yoshli daniyalik futbolchiga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq “Leyptsig” Poulsenni sotmoqchi emas. Ayni damda uning shartnomasini yangilash imkoniyati Dortmundga o'tish imkoniyatidan yuqoriroq.
Poulsen o'n yildan beri "Leyptsig"da o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u 361 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 85 ta gol va 63 ta samarali uzatmani hamkorlariga taqdim etgan.
Transfermarkt portali mutaxassislari Yussuf Poulsenni 7 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!