"MYu" o'z futbolchisini "Real"ga tavsiya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238
"Manchester Yunayted" "Real"ga hujumchi Antoni Marsyalni sotib olish taklifi bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.
Manbaga ko'ra, bu Vinisius Juniorning jarohatidan so'ng sodir bo'lgan, chunki, braziliyalik futbolchi jarohat sababli 4-5 haftani o'tkazib yuborishi mumkin. Endi bu pozitsiyada "Real"da faqat Rodrigo, Xoselu va Braim Dias qoldi.
Bu ijara yoki sotib olish varianti bo'lishi mumkin, ammo "Real Madrid"ning qarori hozircha noma'lum.
Avvalroq, bosh murabbiy Karlo Anchelotti klub yangi futbolchilarni xarid qilmoqchi emasligini aytgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!