"Roma" ikkita darvozaboni bilan muzokara olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
"Roma" Ruy Patrisiuning o'yinidan noroziligi va uning sotilishi mumkinligini inobatga olgan holda, yangi darvozabon bilan shartnoma imzolashni ko'rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Calciomercato nashri.
Rimliklarning bu o'rnini mustahkamlash uchun 2 nafar nomzod bor - "Tottenxem"dan Ugo Loris va "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agentga aylangan David De Xea.
Loris vakillari allaqachon "Roma" bilan bog'lanishgan.
De Xea esa tomonlar moliyaviy masalalarda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin, ammo vaziyatga boshqa klublar tomonidan qiziqish yo'qligi ta'sir qilishi mumkin, chunki, 32 yoshli ispaniyalik posbon Saudiya Arabistoniga bormoqchi emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!