Keyn hali uzoq vaqt yuqori saviyada futbol o'ynamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn futboldagi kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Tottenxem"dan Myunxen klubiga ko'chib o'tishdan biroz oldin ingliz forvardi o'zining 30 yoshini nishonladi. Keynning transferi “Bavariya”ga 100 million evroga tushdi va bu futbolchining yoshini hisobga olib, jamoatchilikda bir oz shubha uyg'otdi.
“30 yoshga kirganingizda, negadir odamlar sizni karerangizni yakunlash arafasida turibsiz, deb o'ylay boshlashadi, lekin men yana etti-sakkiz yil yuqori saviyada o'ynashni xohlayman. Futbolda har qanday yoshda muvaffaqiyatga erishish mumkinligini isbotlagan Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Karim Benzema va Robert Levandovskining misollari bor", - deya Keyn so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.