"Napoli" hujumchisi Niderlandiyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
PSV 2019 yildan beri Italiyaning "Napoli" klubida to'p tepayotgan jamoaning sobiq hujumchisi Irving Losanoni qaytarishga umid qilmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, Niderlandiya klubi meksikalik uchun 10 million evro to'lashga tayyor, ammo “Napoli” bundan ko'proq summa xohlaydi.
2019 yilda neapolliklar Losano uchun 45 million evro to'lagan. Futbolchi hozir 28 yoshda ekanligini inobatga olsak, Rudi Garsiya jamoasi uning uchun 10 milliondan ortiq tovon puli olishni istamoqda.
O'tgan mavsumda Losano 32 o'yinda 3 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan "Napoli"ga A Seriya g'olibi bo'lishga yordam berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!