"Manchester Yunayted" Varanning jarohati haqida xabar berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Manchester Yunayted"ning etakchi himoyachisi Rafael Varan Angliya chempionatining 3-turida "Nottingem Forest"ga qarshi o'yinda (3:2) jarohat oldi. Bu haqda “qizil iblislar” matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagning so'zlariga ko'ra, futbolchi o'zini noqulay his qilgani uchun ehtiyot chorasi sifatida almashtirilgan. Yaqin orada Rafael tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng shikastlanish darajasi aniqlanadi.
30 yoshli himoyachi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 3 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!