Rasman! "Chelsi" yangi transfer e'lon qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 84
"Nyu-Inglend Revolyushn" MLS uchun rekord summaga darvozabonini "Chelsi"ga sotdi.
The Athletic xabariga ko'ra, "ko'klar" Djordje Petrovich uchun 16 million evro (13,6 million funt sterling, 17,4 million dollar) to'lagan, yana 2 million evro bonuslar bilan.
MLSda darvozabon uchun hech kim ko'proq pul to'lamagan. Bundan oldingi rekord ham “Chelsi” ishtirokida o'rnatilgandi – Gabriel Slonina uchun 10+5 million dollar.
Londonliklar Petrovich bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 7 yillik shartnoma imzoladilar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!