Ramosga "Galatasaroy" beradigan maosh yoqmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos "Galatasaroy" futbolchisiga aylanmaydi, unga turk klubining taklifi yoqmadi.
ITASportPress nashri xabariga ko'ra, Istanbul klubi hozirda erkin agent bo'lib turgan futbolchiga 6 million evrolik maosh taklif qilgan, biroq Ramos uni rad etgan.
Shundan so'ng klub rahbariyati taklifni qayta ko'rib chiqmaslikka, balki boshqa variantlarni, jumladan, Angliya Premer-ligasi futbolchilari orasidan izlashga qaror qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!