Pioli Krunich qolishini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli yarim himoyachi Rade Krunichning ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
29 yoshli futbolchi uchun muzokaralarni Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi olib bordi, Frantsiyaning “Lion” klubi ham unga qiziqish bildirgan. Shunday bo'lsa-da, "rossonerilar" ustozi so'zlariga ko'ra, bosniyalik futbolchi klubni tark etmaydi: "Ha, Rade Krunich shu erda qoladi", - deya xabar beradi "Torino" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (4:1) Pioli.
Rade Krunich "Milan"da boshlangan mavsumning har ikkala o'yinida maydonga tushdi. Transfermarkt 29 yoshli yarim himoyachining transfer narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!