Ugarte: "Mbappe – dunyoning eng yaxshi futbolchisi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"PSJ" yarim himoyachisi Manuel Ugarte Kilian Mbappening o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Frantsiyalik hujumchining dubli parijliklarning o'z maydonida “Lans”ni mag'lub etishiga yordam berdi – 3:1. Marko Asensio yana bir golni o'z hisobiga yozdirdi. Ushbu g'alaba Luis Enrike jamoasi uchun Liga 1ning joriy o'yinlaridagi birinchi g'alaba bo'ldi.
"Kilian Mbappe - dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U har kuni meni o'zining fazilatlari bilan hayratda qoldiradi", - dedi joriy transfer oynasida "Sporting Lissabon"dan "PSJ"ga 60 million evro evaziga qo'shilgan Ugarte o'yindan keyin frantsuz OAVlariga bergan intervyusida.
Kilian Mbappe mavsumda startidagi ikkita o'yinda uchta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!