Tuxel Pavarni qolishga ishontirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Inter"ga 33 million evro evaziga o'tishga juda yaqin turgan himoyachi Benjamin Pavarni jamoada saqlab qolish umidini yo'qotgani yo'q.
Goal.com xabariga ko'ra, Tuxel Pavarni bir yildan so'ng tugaydigan shartnomasi oxirigacha "Bavariya"da qolishga ko'ndirmoqchi. Tomas muzokaralarda muvaffaqiyat qozonganmi yoki yo'qmi hozircha noma'lum.
O'tgan mavsumdan beri Pavar "Bavariya" rahbariyatiga yozda jamoani tark etishni istayotganini aniq aytgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!