"Inter"ni rad etgan Lukaku "Yuventus" variantidan ham voz kechdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukaku Turinning "Yuventus" klubiga o'tishdan bosh tortdi. Jurnalist Mett Louning so'zlariga ko'ra, hujumchi “keksa sinora”dan harakat kutishdan charchagan. Endi belgiyalik Massimiliano Allegri jamoasiga o'tish niyatida emas.
“Yuventus” poygadan chiqib ketganidan so'ng, Lukaku endi Italiyaning boshqa klubi – Joze Mourino boshchiligidagi “Roma”ga o'tmoqchi. Eslatib o'tamiz, Romelu "Chelsi" va "Manchester Yunayted"da portugaliyalik mutaxassis qo'l ostida ishlagan.
Lukaku "Chelsi"ga ikki yil avval "Inter"dan 113 million evro evaziga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!