"Yuventus" o'ziga xos natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Italiya chempionatining 1-turi “Yuventus” uchun juda omadli keldi. Massimiliano Allegri shogirdlari “Udineze”ni mehmonda mag'lub etib, uchta gol urdi. Birinchi gol o'yinning 108-soniyasida urildi va ma'lum bo'lishicha, bu turinliklar uchun qirq yildan ortiq vaqtdan beri urilgan eng tezkor gol bo'ldi. Oxirgi marta bu 1981 yilda sodir bo'lgan, o'shanda Roberto Bettega "Chezena" darvozasiga bundan tezroq to'p kiritgan.
Italiya chempionatining navbatdagi turida Turin klubi o'z uyida "Bolonya"ni qabul qiladi, bu yigirma etti avgust kuni sodir bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!