Nevill Raysni Essen bilan taqqosladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Gari Nevill “Vest Xem”dan “kanonirlar” safiga ko'chib o'tgan “Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Rays haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Rays "Arsenal" yarim himoyasiga energiya, xarakter va jismoniylikni qo'shdi. Maykl Essen bir vaqtlar "Chelsi" o'yiniga shunday ta'sir qilgan. Bu Deklan uchun eng yaxshi o'xshashlik. Essen ajoyib futbolchi edi. Ammo u bu mahoratni uch-to'rt yil davomida ko'rsatdi, xolos", - dedi Nevill Sky Sports bilan suhbatda.
"Arsenal" 24 yoshli yarim himoyachining transferi uchun 116 million evro to'lagan. U bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!