Anchelotti: "Valverde endi hujumda kamroq vaqt o'tkazmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Federiko Valverdening yangi roli haqida gapirdi.
"Valverdening bu mavsumda roli o'zgardi. Endi hujumga kamroq vaqt sarflaydi. U chuqurroq o'ynashi va to'pni tezlikda harakatlantirishi kerak. U bu jihatda zo'r", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Valverde "Real"ni tark etishi bilan bog'liq edi, biroq Federiko bu mish-mishlarni tezda inkor etdi va kelajakda "Qirollik klubi" sardori bo'lishni xohlashini aytdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!