Tchuamenining jarohati unga ta'sir qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'tgan yozda "Monako"dan 80 million evro evaziga jamoaga kelib qo'shilgan yarim himoyachi Aurelien Tchuamenining formasi haqida gapirdi.
“Tchuameni jahon chempionatidan keyin jarohat oldi, bu unga juda ta'sir qildi. Jarohatidan forig' bo'lishi qiyin bo'ldi. Ammo hozir aytishim mumkinki, u jahon chempionati oldidan ko'rsatgan formasiga qaytdi”, - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Tchuameni o'tgan mavsumning birinchi yarmida "Real"ning asosiy tarkibida o'ynagan bo'lsa, jahon chempionatidan so'ng u tez-tez zaxiradan maydonga tusha boshladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!