Malkom Saudiyada daqiqasiga qancha maosh olayotganini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 74
Yozgi transfer oynasida "Zenit"ning braziliyalik futbolchisi Malkom 60 million evroga "Al-Hilol"ga sotildi.
Malkom allaqachon gol urish bilan yangi jamoasiga foyda keltira boshlagan. Mahalliy OAV xabariga ko'ra, “Al-Hilol”da forvardning yillik maoshi 18 million evroni tashkil qiladi.
Shu tariqa Malkom taxminan shunday daromad oladi:
- oyiga 1,5 million evro;
- kuniga 49 315 evro;
- soatiga 2054,8 evro;
- daqiqasiga 34,25 evro;
- soniyasiga 0,57 evro.
Eslatib o'tamiz, Malkom “Zenit”da to'rt mavsum o'ynagan. Bu vaqt ichida u 109 ta rasmiy o'yin o'tkazib, 42 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani hamkorlariga berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!