Argentina bilan o'rtoqlik o'yinlari bekor bo'lish arafasida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
Xabaringiz bor, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Toshkent shahrida Argentina terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida e'lon qilingan edi.
Ma'lum bo'lishicha, sentyabr FIFA kunlarida "Yunusobod" sport majmuasida boshqa sport musobaqasi o'tkazilishi tufayli, Argentina terma jamoasi bilan o'yinlar bekor bo'lishi mumkin. Lotin Amerikasi vakillari o'yinlarni viloyatlardan birida o'tkazish taklifiga rad javobini berishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!