"Real Sosedad" Zaxaryanning debyutini tezlashtirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"Real Sosedad" yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida "Las-Palmas"ga qarshi o'yinda jamoa safida debyut o'yinini o'tkazishi uchun astoydil harakat qilmoqda.
"Klubimiz juma kuni Zaxaryanning maydonga tushishi uchun astoydil harakat qilmoqda", - deyiladi ispan klubining bayonotida.
19 avgust kuni "Real Sosedad" Zaxaryan transferini e'lon qildi. 20 yoshli rossiyalik futbolchining San-Sebastyan klubi bilan shartnomasi 2028/29 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan. Avvalroq futbolchi Moskvaning “Dinamo” jamoasida o'ynagan.
23 avgust kuni "Real Sosedad" yarim himoyachini haligacha La Ligada o'ynash uchun ro'yxatdan o'tkazmagani xabar qilingandi. Biroq klub barcha rasmiyatchiliklarni payshanba kuni hal qilishni kutayotgani qayd etildi.
“Real Sosedad” 25 avgust kuni “Las-Palmas”ga qarshi bahs olib boradi.