"Ayntraxt" "PSJ"ning birinchi taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"PSJ" markaziy hujumchi qidirmoqda va Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan Randal Kolo-Muanini sotib olmoqchi. Biroq nemis klubi Parijdan kelgan birinchi taklifni rad etdi, bu haqda jurnalist Loik Tanzi ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Klub 24 yoshli Kolo-Muani uchun 60 million evro va bonus sifatida yana 10 million evro taklif qildi. Bu shartlar "Ayntraxt"ga mos kelmadi. "PSJ" hozirda ikkinchi taklif tayyorlamoqda.
Kolo-Muani o'tgan yozdan beri "Ayntraxt"da. U klub safida 47 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urgan va 17 ta golli uzatmani hamkorlariga bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!