Konti: «Mourinoga ochiqdan-ochiq minnatdorchilik bildiraman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
«Roma» o'zining rasmiy saytida Bruno Konti «Salernitana»ga qarshi uchrashuvdan boshlab jamoaga mas'ul bo'lshini ma'lum qildi.
«Men mutlaqo xursandman. Albatta, Joze Mourino murabbiy va u diskvalifikatsiya qilingani uchun Stefano Rapetti uning yordamchisi bo'ladi, lekin mendan yordam so'rashdi va men o'z vazifamni bajarishga harakat qilaman.
Avvalo, menga imkoniyat bergani uchun Mourinoga ochiqdan-ochiq minnatdorchilik bildiraman. Men ijobiy ta'sir ko'rsatish uchun qo'limdan kelgan hamma narsani qilaman.
Murabbiylar shtabiga ham meni shunday kutib olgani uchun rahmat aytmoqchiman», - dedi Konti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!