De Bryuyne muvaffaqiyatli operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne tizzasidan olgan jarohatidan so'ng, muxlislarga murojaat qildi.
«Byornli»ga qarshi o'yindan keyingi xabar men uchun jismoniy va ruhiy jihatdan haqiqiy zarba bo'ldi.
Hozir operatsiya yakunlandi, men tuzalib, tez orada safga qaytishga tayyorman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat», - deb yozdi de Bryuyne tvitterda.
32 yoshli belgiyalik futbolchi 2023/24 yilgi mavsum boshida «Byornli»ga qarshi o'yinni yakunlay olmadi. Uning tiklanishi uchun 3-4 oy kerak bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!