Singo «Monako»ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
Kot-d'Ivuarlik himoyachi Vilfrid Singo klubdagi faoliyatini Frantsiya chempionati vakili «Monako»da davom ettiradi.
«Torino»dan kelgan 22 yoshli lateralning transferi haqida monakoliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.
Singo o'tgan mavsumda Italiya chempionatida 31 ta o'yin o'tkazdi. Ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt kelishuvni 10 million evroga baholamoqda, futbolchining taxminiy bahosi esa 12 millionni tashkil etadi.
Futbolchi faoliyatining 4,5 yilini «Torino»da o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!