Simeone «Tottenxem» futbolchisi bilan gaplashib olgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
«Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diego Simeone allaqachon «Tottenxem» yarim himoyachisi Per-Emil Xyoyberg bilan gaplashgan. Bu haqda jurnalist Ruben Uria ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
«Atletiko» Xyoybergni sotib olmoqchi, futbolchining o'zi ham Madrid klubiga o'tmoqchi. Ushbu transferni yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin amalga oshirish mumkin.
Per-Emil 28 yoshda. Nufuzli transfermarkt portali mutaxassislari daniyalikni 45 million evroga baholamoqda.
Yarim himoyachi «Sautgempton»dan ketgach 2020 yilning yozidan beri «Tottenxem»da o'ynamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!