«MYu» darvozasiga penalti belgilamagan hakamlar chetlatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
Angliya premer-ligasining 1-turidan o'rin olgan «MYu» – «Vulverxempton» o'yinida ishlagan hakamlar, 2-tur bahslariga qo'yilmaydigan bo'ldi.
Mazkur uchrashuvda bosh hakam, VAR hakami va VAR yordamchi hakami vazifasida ishlagan rasmiylar — Saymon Xuper, Maykl Solsberi va Richard Uest diskvalikatsiya qilindi.
Referilar bahsning 97-daqiqasida «Manchester Yunayted» darvozasiga penalti belgilashmadi. Mezbonlar darvozaboni Andre Onana o'z jarima maydoni ichida to'pga chiqishda ishonchsiz harakat qildi va qo'li bilan raqib futbolchisi Sasha Kalayjichni urib yuborib yiqitdi. Bu vaziyatda Onana to'pga eta olmasdi.
O'yindan keyin APL hakamlar qo'mitasi rahbari hakamning xatosini tan oldi va «Vulverxempton» bosh murabbiyi Xari O’Nildan uzr so'radi.
Bahs esa "MYu"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.