Inesta yangi jamoasidagi faoliyati haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Ispaniyalik yarim himoyachi Andres Inesta "Emireyts" klubiga o'tishi haqida gapirdi.
"Barselona"ning afsonaviy sobiq futbolchisi BAA klubi bilan kelasi yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzolagani seshanba kuni ma'lum bo'ldi.
"Yangi klub, yangi sarguzasht, avvalgidek ishtiyoq", - deb yozdi 39 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqda.
Andres Inesta 2018 yilda "Barselona"ni tark etib, "Vissel Kobe"ga o'tdi. Yaponiya jamoasi tarkibida yarim himoyachi 134 ta o'yin o'tkazib, 26 ta gol va 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!