Rasman! "Lids" futbolchisi "Borussiya"ga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Menxengladbaxning "Borussiya" klubi o'zining rasmiy saytida "Lids"ning avstriyalik himoyachisi Maksimilian Veberni ijaraga olganini e'lon qildi.
25 yoshli futbolchining nemis klubi bilan shartnomasi kelasi yilning yozigacha mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Veber “Lids” safida 19 ta o'yinda maydonga tushgan. Transfermarkt portali Avstriya terma jamoasi futbolchisini 14 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, “Lids” Angliya chempionatining so'nggi mavsumi yakunlari bo'yicha Premer-ligani tark etdi va keyingi mavsumni Chempionshipda o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!