"Paxtakor" bosh direktori: "Fayzullaev "Paxtakor" bilan xayrlashdi va TsSKAga o'tdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
62"Paxtakor" bosh direktori Dmitriy Adisman "Sport24" muxbiri Vladislav Shapiro bilan suhbatda 19 yoshli vinger Abbosbek Fayzullaevning TsSKAga o'tganini ma'lum qildi.
"Fayzullaev jamoa bilan xayrlashib, Moskvaga jo'nab ketdi, u allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tishi va TsSKAga o'tish uchun boshqa jarayonlardan o'tishi kerak. "Harbiylar" klubidan futbolchining transferi bo'yicha rasmiy hujjatlarni olganimiz yo'q, biroq yaqin vaqt ichida ular rasmiy hujjatlarni rasmiylashtirishadi va Abbosbekning “Paxtakor”dan Rossiya jamoasiga o'tganini rasman e'lon qilish mumkin bo'ladi" - dedi Adisman.
Joriy mavsumda 19 yoshli Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” safida 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hisobida O'zbekiston terma jamoasi safida 3 ta o'yin va 1 ta gol bor.