Dembele ketsa, "Barselona" qancha tejaydi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Usmon Dembeleni “PSJ”ga sotsa, yiliga 18,5 million evro tejaydi. Bu haqda jurnalist Jerar Romero ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Ayni damda Dembele Parijga ko'chib o'tishga juda yaqin turibdi, "PSJ" uning uchun 50 million evro to'lashga tayyor. Kelishuv yarim tungacha yakunlanishi kerak, chunki aks holda tovon puli 100 milliongacha oshadi. Futbolchining o'zi allaqachon Luis Enrike jamoasi bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Dembele 2017 yildan beri “Barselona” safida to'p tepadi, o'shanda Kataloniya klubi uning transferi uchun “Borussiya Dortmund”ga 135 million evro to'lagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!