Diego Godin faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
Urugvaylik mashhur himoyachi Diego Godin futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. 37 yoshli futbolchi Argentinaning "Veles Sarsfild" bilan “Xurakan”ga (0:1) qarshi xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdi. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng futbolchi ko'zlarida yosh bilan maydonni tark etdi.
Evropada Diego "Atletiko Madrid"dagi uzoq faoliyati davomida mashhurlikka erishdi. Urugvaylik futbolchi 2010 yildan 2019 yilgacha “matraschilar” sharafini himoya qilgan. U “Vilyarreal”, “Inter” va “Kalyari” klublarida ham o'ynagan.
Urugvay terma jamoasi tarkibida himoyachi 159 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!