"Fiorentina" Amrabat narxini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
"Fiorentina" "Manchester Yunayted"ga yarim himoyachi Sofyan Amrabatni sotish bo'yicha o'z talablarini bildirdi. La Gazette Dello Sport xabariga ko'ra, "binafsharanglilar" marokashlik bilan 30 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Manbaning aytishicha, agar bu summaning 5 millioni bonus sifatida taklif qilinsa, "Fiorentina" qarshi emas. Biroq, hozirgacha “Manchester Yunayted” bonuslarsiz maksimal 25 million evro taklif qilgan.
Yaqinda Amrabat uchun kurashda Saudiya Arabistonining "Al-Ahli Jidda" klubi ham "Manchester Yunayted"ga qarshilik qilishi mumkinligi haqida ma'lumot paydo bo'ldi. 26 yoshli marokashlik futbolchi katta maosh evaziga Evropani tark etishga tayyormi yoki yo'qmi, hozircha ma'lum emas.