Dembelening agenti mijozining "PSJ"ga transferini tezlashtirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 62
Usmon Dembelening agenti La Ligadan futbolchining "PSJ"ga o'tishini tezlashtirishni so'radi.
Jijantes FC xabariga ko'ra, Mussa Sissoko Dembelening "Barselona"dan "PSJ"ga o'tishini imkon qadar tezroq yopish uchun yana La Ligaga murojaat qilgan.
Agent operatsiyani bugun soat 23:59 ga qadar amalga oshirmoqchi - aynan shu paytgacha Usmonning 50 million evro miqdoridagi tovon puli amal qiladi.
Avvalroq "PSJ" Dembele bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgani va "Barsa"ga 50 million evro tovon puli to'lashga tayyorligini aytgani ma'lum bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!