"Bavariya" Manedan kutilgan darajada daromad olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"Bavariya" hujumchi Sadio Maneni "An-Nasr"ga sotishga yaqin turibdi.
Senegallik futbolchi Saudiya klubi bilan deyarli kelishib oldi, "Bavariya" esa 31 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyorligini ma'lum qilgan. Bir necha kun avval "An-Nasr" Mane uchun taxminan 37 million evro taklif qilishi haqida xabar berilgandi. T3 nashrining yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, myunxenliklar bu sotuvdan biroz kamroq daromad oladi - taxminan 30 million evro.
Eslatib o'tamiz, Sadio Mane kelasi mavsumda "Bavariya"da qolishni rejalashtirgan, biroq "An-Nasr" bilan muzokara o'tkazishga rozi bo'lgan, chunki u bosh murabbiy Tomas Tuxelning rejalariga kiritilmagan.
O'tgan yili senegallik "Liverpul"dan "Bavariya"ga 32 million evro evaziga o'tgan edi.